Asosiy » 2013 » Oktabir » 30 » Xristo Stoichkov: "Real"da g‘oya qolmadi" 
15:44
Xristo Stoichkov: "Real"da g‘oya qolmadi"
"Barselona" sobiq hujumchisi Xristo Stoichkovning fikricha, "Real"da murabbiylik g‘oyasi borasida inqiroz davri hukm surmoqda.

• • •

Bilasiz, madridliklarni hozir Joze Mourino o‘rnini egallagan Karlo Anchelotti boshqarib bormoqda.

"Klassiko vaqtida Anchelottining qarorlaridan hafsalam pir bo‘ldi. Menimcha, penalti borasidagi noroziliklar - ularni havotirga solishi lozim bo‘lgan eng so‘nggi darajali masala. O‘ylashimcha "Real"da murabbiylik g‘oyasi taqchilligi hukm surmoqda.

Messi o‘zining eng yaxshi o‘yinini o‘tkazmadi. Chunki u so‘nggi vaqtlarda Argentina termasi o‘yinlarda ishtirok etish uchun juda ko‘p uchishiga to‘g‘ri keldi va bu uning jismoniy holatida aks etdi. "Real" esa juda kuchsiz ko‘rindi", dedi Stoichkov.
Yo'nalishi: Intervyu | O'qidi: 453 | Kiritdi: ASADULLOH | Теги:  | Reyteng: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]