Asosiy » 2013 » Oktabir » 28 » O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chorak finalga chiqa olmadi 
22:00
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi chorak finalga chiqa olmadi
JCh-2013 1/8 finali doirasidagi Gonduras - O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

• • •

Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadigan o‘yinning matnli translyatsiyasini shu yerda kuzatib borish mumkin bo‘ldi.   


Gonduras U17 - O‘zbekiston U17 - 1:0 (0:0)

Gol: Xorxe Bodden 74, - 1:0. 
Gonduras U17:
 1.Kristian Ernandes, 2.Kevin Alvares, 3.Alvaro Romero, 4.Luis Santos, 5.Anoal Ernandes, 7.Brayn Velaskez, 8.Kristofer Alegriya, 9.Albert Elis, 10.Isaak Borxas, 11.Rembrandt Flores , 17.Freddi Medina (18.Xorxe Bodden, 56) (6.Devron Garsiya, 87)
O‘zbekiston U17: 1.Sarvar Karimov, 2.Rustam Ashurmatov, 3.Abdulaziz Jo‘raboyev, 4.Akrom Komilov, 5.Odilbek Hamrobekov, 9.Ibrohim Abdullayev, 11.Akobir To‘rayev (8.Abbos Ne’matillayev, 34) (10.Javohir Siddiqov, 75), 15.Izzatilla Abdullayev, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Shohjahon Abbosov (14.Islombek Karimov, 46), 20.Otabek Shukurov. 

Ogohlantirishlar: Akrom Komilov 7, Akobir To‘rayev 20, Albert Elis 44, Abdulaziz Jo‘raboyev 45+1, Otabek Shukurov 69, Javohir Siddiqov 88. 

Chetlatish: Akrom Komilov 24.


Matnli translyatsiya 

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Jahon chempionatidagi yurishini 1/8 finalda to‘xtatishdi.

90+5-daqiqa. Izzatilla Abdullayevning zarbasi noaniq ketdi va o‘yin tugadi

90+4-daqiqa. Odil Hamrobekov hujum vaqtida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topildi

90+1-daqiqa. Siddiqov tomonidan amalga oshirilgan to‘pni darvozabon egallab oldi. Qarshi hujumdan so‘ng Elis darvozamiz tomon zarba berdi, to‘pni Karimov ushlab oldi

90-daqiqa. Asosiy vaqtga 5 daqiqa qo‘shib berildi

89-daqiqa. Izzatilla Abdullayevga nisbatan qo‘pol o‘ynaldi, hakam jarima to‘pini belgiladi

88-daqiqa. Ogohlantirish. O‘zbekiston. Javohir Siddiqov

87-daqiqa. O‘zgarish. Gonduras. Xorxe Bodden o‘rniga Devron Garsiya tushdi

85-daqiqa. Izzatilla Abdullayevning zarbasi darvoza to‘sini yuqorisidan o‘tib ketdi 

82-daqiqa. Siddiqov to‘pni Abdullayevga oshirdi, Izzatillaning to‘p uzatishini himoyachilar qaytarishdi

80-daqiqa.  Rustam Ashurmatov darvozaga zarba berdi, to‘p himoyachiga tegib sekinlashdi va darvozabonga borib tushdi

75-daqiqa. O‘zgarish. O‘zbekiston. Abbos Ne’matillayev o‘rniga Javohir Siddiqov tushdi

74-daqiqa. Brayn Alvares uch himoyachimiz orasida to‘pni sherigiga oshirib berdi, zaxiradan maydonga tushgan Bodden to‘pni osongina darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi - 1:0.

74-daqiqa. GOL 1:0. XORXE BODDEN

73-daqiqa. Otabek Shukurov noaniq pas berdi va raqib qarshi hujumga o‘tdi

71-daqiqa. Izzatilla Abdulalevning jarima maydoni ichiga oshirgan to‘piga Ne’matillayev yeta olmadi

69-daqiqa. Ogohlantirish. O‘zbekiston. Otabek Shukurov

68-daqiqa. Dastlab Elis, so‘ngra Bodden uzoq masofadan zarba berdi, ikkalasi ham noaniq

65-daqiqa. So‘nggi daqiqalarda ustunlik Gonduras tomonida.

63-daqiqa. Elis havodagi kurashda Sarvar Karimovga nisbatan qo‘pol o‘ynadi, shifokorlar darvozabonimizga yordam ko‘rsatishdi

60-daqiqa. Gonduras avval jarima to‘pini amalga oshirdi, so‘ngra burchak to‘pi. Burchak to‘pidan so‘ng Kevin Alvares boshi bilan darvozaga yo‘lladi, to‘p darvoza ustuniga tegib maydonni tark etdi

58-daqiqa. Izzatilla Abdullayevning olis masofadan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi

56-daqiqa. O‘zgarish. Gonduras. Freddi Medina o‘rniga Xorxe Bodden maydonga tushdi

54-daqiqa. Izzatilla Abdullayev o‘ng qanotda ancha faol, uning oshirib berilgan to‘pga Ne’matillayev yeta olmadi. 

53-daqiqa. Gonduras yana hujumga o‘tdi, Elisning darvozaga yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi

52-daqiqa. Izzatilla Abdullayev o‘ng qanotdan oldinga o‘tdi va markazdagi sheriklariga to‘pni oshirdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi

51-daqiqa. Alegriyaning kuchsiz zarbasidan so‘ng to‘pni Karimov ushlab oldi

48-daqiqa. Raqibning tezkor qarshi hujumi, bu vaziyatda Sarvar Karimov darvozasini tashlab chiqib to‘pni egallab oldi

46-daqiqa. Ikkinchi bo‘lim boshlandi

46-daqiqa. O‘zgarish. O‘zbekiston. Shohjahon Abbosov o‘rniga Islombek Karimov tushdi

45+2-daqiqa. Birinchi bo‘lim tugadi - 0:0 hozircha. 

45+1-daqiqa. Ogohlantirish. O‘zbekiston. Abdulaziz Jo‘raboyev

45-daqiqa. Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi

44-daqiqa. Ogohlantirish. Gonduras. Albert Elis

42-daqiqa. Belgilangan jarima to‘pini Medina amalga oshirdi, uning amalga oshirgan zarbasidan so‘ng to‘pni Sarvar Karimov ushlab oldi. 

41-daqiqa. Shohjahon Abbosov to‘pni egallab olish jarayonida kutilmaganda qo‘li bilan o‘ynab yubordi. 

37-daqiqa. Gondurasliklar hujumkorlikni oshirishmoqda

35-daqiqa. Elisning boshi bilan yo‘llagan zarbasi noaniq ketdi

34-daqiqa. O‘zgarish. O‘zbekiston. Akobir To‘rayev o‘rniga Abbos Ne’matillayev maydonga tushdi

32-daqiqa. Akobir To‘rayev hujumda qo‘pol o‘ynadi, hujum to‘xtadi

30-daqiqa. Doston Hamdamov burchak to‘pini amalga oshirdi, himoyachilar to‘pni qaytarishdi.

27-daqiqa. Kevin Alvaresning darvozaga yo‘llagan zarbasi xavfli va noaniq chiqdi. 

25-daqiqa. Amalga oshirilgan jarima to‘pi darvozamiz yonidan o‘tib ketdi. 

24-daqiqa. Chetlatish. O‘zbekiston. Akrom Komilov o‘yindagi ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi

20-daqiqa.Ogohlantirish. O‘zbekiston. Akobir To‘rayev 

19-daqiqa. Yana bir vaziyat Gondurasda. O‘ng qanotdan oshirib berilgan to‘pni himoyachilarimiz qaytarishdi, qaytgan to‘pga Brayn Velaskez kuchli zarba berdi, yaxshiki zarba noaniq ketdi. 

18-daqiqa. Vakillarimiz jarima to‘pini amalga oshirishdi, ammo raqiblar xavfni baratarf etishdi. 

17-daqiqa. Xavfli vaziyat! Gonduras qarshi hujumga o‘tdi. Ammo jarima maydonimiz ichiga oshirilgan to‘pni himoyachilar qaytarishdi. 

15-daqiqa. O‘ng qanotdan jarima maydoni ichiga uzatib berilgan to‘pni Abbosov boshi bilan darvozaga yo‘lladi, noaniq. 

13-daqiqa. Odil Hamrobekov jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba berdi, to‘pni darvozabon egallab oldi.  

10-daqiqa. O‘ng qanotdan to‘p raqib jarima maydoni ichiga oshirib berildi. To‘p uchun kurashda Abbosov darvozabonga nisbatan qo‘pol o‘ynadi.

8-daqiqa. Hujumga o‘tgan Kevin Alvaresning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi. 

7-daqiqa. Ogohlantirish. O‘zbekiston. Akrom Komilov

6-daqiqa. Kichik ustunlik biz tomonda. Futbolchilarimiz to‘pni o‘zlarida saqlab turib raqib jarima maydoni yonida bir birlarga oshirib turishibdi. 

3-daqiqa. Yana Gondurasning hujumi. Chap qanotdan oshirib berilgan to‘pni hujumchi darvozaga yo‘llay olmadi. 

2-daqiqa. Endi O‘zbekiston hujumga o‘tdi. Ammo Abbosov tomoniga oshirib berilgan to‘p noaniq chiqdi. 

2-daqiqa. Dastlabki vaziyatni raqiblar yuzaga keltirishdi. Jarima maydonimiz ichida oshirib berilgan to‘pni himoyachilarimiz qaytarib yuborishdi.  

1-daqiqa. O‘YIN BOShLANDI  

Yo'nalishi: | O'qidi: 515 | Kiritdi: ASADULLOH | Теги:  | Reyteng: 10.0/12
Всего комментариев: 1
1 MaJnuN_9350  
0
afsus yutqizdik

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]