Asosiy » 2013 » Oktabir » 25 » Karles Puyol: "Jarohatdan keyin ham o‘yin uslubim o‘zgarmaydi" 
09:43
Karles Puyol: "Jarohatdan keyin ham o‘yin uslubim o‘zgarmaydi"

"Barselona" himoyachisi Karles Puyol jarohatin tiklagach, hozirda o‘yini qanday his qilayotgani haqida gapirib berdi.


"Men juda og‘ir kechgan yetti oyni boshimdan o‘tqazdim. "Osasuna"ga qarshi o‘yinda o‘zimni juda yaxshi his qildim. Tizzam ham bezovta qilmadi. Hatto ertasi kungi mashg‘ulotlardayam oyog‘imdan shikoyat qilmadim. Hatto men kutganimdan ham yaxshiroq hozir holatim. Oldinda esa "Klassiko". Hamma bu o‘yinda maydonga tushishni istayapti".

"Menga bildirilgan ishonch uchun murabbiydan minnatdorman. Endi shunga munosib bo‘lishga harakat qilaman. O‘yin uslubim o‘zgarmaydi. Murabbiy ham menga bamaylixotirroq o‘ynagin jeb ko‘rsatma bergani yo‘q", dedi Puyol.
Yo'nalishi: | O'qidi: 204 | Kiritdi: FOREVER | Теги:  | Reyteng: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]