Asosiy » 2013 » Oktabir » 28 » Jamshid Boltaboyevning maydonga tushmasligi jiddiy yo‘qotishmi? 
19:36
Jamshid Boltaboyevning maydonga tushmasligi jiddiy yo‘qotishmi?

Toshkent vaqti bilan 21:00da O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Gondurasga qarshi bahsni boshlaydi.


Ma’lumki, bu uchrashuvda Jamshid Boltaboyev maydonga tusha olmaydi. Boisi 7-raqamda harakat qiladigan futbolchimiz avvalgi o‘yinlarda ikki bor sariq kartochka oldi. Jamshidning bugungi uchrashuvda ishtirok etmasligi o‘smirlarimiz uchun katta yo‘qotish bo‘lishi mumkinmi? Guruh o‘yinlari paytida ko‘pchilik futbol mutaxassislari Boltaboyevning o‘yiniga yuqori baho berishdi va tez orada u muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. 

Xo‘sh, sizningcha, Jamshid Boltaboyevsiz qolgan jamoa qanday qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin? Umuman bu futbolchining o‘yiniga qanday baho berasiz va o‘rniga kimni loyiq deb bilasiz? Bu borada fikrlaringiz bo‘lsa, marhamat, izoh sifatida qoldirishingiz mumkin.
Yo'nalishi: Intervyu | O'qidi: 461 | Kiritdi: FOREVER | Теги:  | Reyteng: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]