Asosiy » 2013 » Oktabir » 27 » Gonduras U17 - O‘zbekiston U17 uchrashuvi hakamlari ma’lum bo‘ldi 
20:50
Gonduras U17 - O‘zbekiston U17 uchrashuvi hakamlari ma’lum bo‘ldi

Ertaga O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi BAAdagi mundialda 1/8 final uchrashuvni o‘tkazadi.


FIFA bu o‘yinga chexiyalik hakamlarni tayinladi. Bahsni Pavel Kraloves boshqarib boradi. 1977 yilda tug‘ilgan Kraloves 2005 yildan buyon FIFA hakami hisoblanadi. Unga qanotlarda hamyurtlari Martin Vilchek va Roman Slisko yordam berishadi.

Bu brigada JCh-2013 guruh bosqichida ikkita o‘yinda ishlashga ulgurdi (Marokash - Panama 4:2 va Eron - Argentina 1:1). 

Gonduras - O‘zbekiston o‘rtasidagi bahs 28 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

28 oktyabr. Sharja. 21:00
Gonduras - O‘zbekiston 
Bosh hakam
: Pavel Kraloves (Chexiya)
Yordamchi hakam: Martin Vilchek (Chexiya)
Yordamchi hakam: Roman Slisko (Chexiya)
Yo'nalishi: Intervyu | O'qidi: 189 | Kiritdi: FOREVER | Теги:  | Reyteng: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]