Asosiy » 2013 » Oktabir » 28 » FIFA.com: O‘zbekistonlik o‘smirlarda ishonch kuchli 
12:34
FIFA.com: O‘zbekistonlik o‘smirlarda ishonch kuchli
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi BAAdagi jahon chempionatiga yuqori maqsadlarni ko‘zlab tashrif buyurdi.

• • •

Bu jamoa 2011 yil Meksikada o‘tkazilgan mundialda chorak finalgacha borgandi. Mana ketma-ket ikkinchi bor "Oq bo‘rilar” chorak finalga chiqishga yaqin turishibdi. Buning uchun Gonduras mag‘lub etilsa kifoya. 

O‘zbekistonning bo‘lajak raqibi Gonduras futbol olamida jarangdor nomga ega emas. Ular o‘zlari uchun yangi tarix yozishga harakat qilishyapti. O‘zbekiston o‘smirlar termasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyevning aytishicha, Gonduras bilan o‘yinda ancha ehtiyot bo‘lib to‘p surish lozim. Chunki bir qarashda mashhur bo‘lmagan jamoadan har narsa kutish mumkin. 

"Gonduras – tezkor o‘yinchilarga ega juda yaxshi jamoa, - deydi Nuraliyev. – Biz ularning o‘yinini ko‘rdik va raqib haqida ma’lum tasavvurga egamiz. O‘ylaymanki, o‘yin hech bir tomon uchun oson kechmaydi”. 

Ma’lumki, bugungi uchrashuvni asosiy futbolchilardan biri Jamshid Boltaboyev o‘tkazib yuboradi. Gonduras safida esa yo‘qotishlar yo‘q. Boltaboyev FIFA rasmiy sayti vakili bilan suhbatda shunday dedi: "Gonduras – yaxshi jamoa. Biz ularning BAAga qarshi bahsini ko‘rdik. Ular kuchli futbol namoyish etishadi, lekin biz ham qarab turmoqchi emasmiz. Albatta, bu o‘yinda ishtirok eta olmaslikdan afsusdaman, lekin jamoadoshlarim mensiz ham g‘alaba qozonishni uddalay olishadi deb o‘ylayman”.

O‘zbekiston o‘smirlar termasi guruh o‘yinlarida atigi bitta gol o‘tkazib yubordi va bu borada eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi. "Biz har bir o‘yinda himoyani unutmagan holda to‘p suryapmiz, - deydi Dilshod Nuraliyev. – Agar raqibga to‘p kiritish imkonini bermasak, bizda gol urish varianti yuzaga keladi. Hozircha hammasi shunday davom etmoqda va o‘ylaymanki, bundan keyin ham shundayligicha qoladi. Xorvatiya bilan o‘yindan so‘ng yigitlarni alohida tabriklab qo‘ydim, chunki ular hamma aytganlarimni qilishdi. Futbolda hech narsa kafolatlangan emas. Hammasi bajarayotgan ishingga va futbolchilarga qanchalik ishonishingga bog‘liq. Shu bois ham biz faqat olg‘a qarab davom etyapmiz”.
Yo'nalishi: | O'qidi: 455 | Kiritdi: ASADULLOH | Теги:  | Reyteng: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]