Asosiy » 2013 » Oktabir » 28 » Dilshod Nuraliyev: "Bugungi o‘yinda hakam g‘alaba qozondi" 
22:48
Dilshod Nuraliyev: "Bugungi o‘yinda hakam g‘alaba qozondi"

Gonduras – O‘zbekiston (1:0) uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Dilshod Nuraliyev o‘z fikrlarini bildirdi.


"Birinchi navbatda Gonduras terma jamoasi bosh murabbiyini keyingi bosqichga chiqqanligi bilan tabriklayman. Bunday o‘yinlarda 75 daqiqa davomida bitta o‘yinchi kam bo‘lib o‘ynash istalgan jamoaga ham og‘irlik qiladi. Bugungi o‘yinda hakam g‘alaba qozondi”.

"Shu kungacha bo‘lib o‘tgan uchta o‘yinda atiga 2ta sariq kartochka olgan edik. Bugun esa 5ta. Hakam 17 yoshli bolalarni musobaqasida ishtirok etyapti. Bolalar bilan boshqcha gaplashish kerak. U o‘z qarorlari bilan murabbiylar shtabi va terma jamoa atrofidagilarni barchasining mehnatini chippakka chiqardi”, - deydi Nuraliyev.

- Bugungi o‘yinda hakam tufali mag‘lub bo‘ldik deb ayta olasizmi? (Arab OAV)
- Hamma aybni unga to‘nkamagan bo‘lardim-ku, ammo uning qarorlari bugun o‘yin natijasiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

- Terma jamoaning bir kishi kam bo‘lib qolishi sizning rejalaringizga qanchalik o‘zgartirish kiritdi? (Xayrulla Xoliqov)

- O‘yinning taktikasini butunlay o‘zgartirib yubordi desak ham bo‘ladi. Chetlatishdan keyin umuman rejamizda bo‘lmagan o‘yinchini maydonga tushirishga majbur bo‘ldik. Birinchi o‘zgartirishimiz hujumchiga qaratilishi kerak edi. Birinchi bo‘limda darvozamiz daxilsizligini saqlagan holda, ikkinchi bo‘limda hujumni kuchaytirmoqchi edik.




Yo'nalishi: Intervyu | O'qidi: 486 | Kiritdi: FOREVER | Теги:  | Reyteng: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]